Qo‘qonda kitob do‘koni ochish mumkinmi?

Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh taolo sizni O‘z panohida asrasin! Kitob do‘konlaringiz soni ortib bormoqda Allohga shukr! Ammo bizning Qo‘qon tomonlarda hali ochilmadi. Bozorlarda hozir sotilmay qo‘ydi. Bir do‘konda bor ekan, lekin juda ham yuqori narxlarda sotilmoqda. Toshkentlik tanishlarimdan iltimos qilib xarid qilmoqdaman. Albatta buni o‘ziga yarasha qiyinchilik va ovoragarchiliklari bo‘lmoqda. Kitob do‘koningizni ushbu shaharda ham ochilishi mumkinmi? Agar imkon bo‘lsa uni ishini o‘zim yuritib berardim. Bu borada barcha ishlarga tayyorman! Juda ham mamnun bo‘lardik. Alloh sizdan rozi bo‘lsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juda ko‘p urindik. Ammo imkoni bo‘lmadi.

26 May 2022, 20:19 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar