Sunnat, vojib ibodatlar haqida
Assalomu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Men namoz o‘qishni ikki oy avval O‘zbekistondaligimda boshladim. Hozirda Italiyada o‘qiyapman. Bu erda ko‘plab musulmonlar bor ekan, aksari boshqa mazhab vakillari va sunnat va vojib namozlarini o‘qishmas ekan. Shunda men bilan birga turadigan bir akadan so‘radim, “nega ular o‘qishmaydi, axir sunnat va vojibni ham o‘qish kerakku?” dedim. Shunda u kishi “agar kerak desangiz u namozlar ham farz namozdek bo‘lib qoladiku?” dedi va aslida farzini o‘qish kifoya dedi. Shundan keyin, har ibodat vaqtida sunnat namozini o‘qiyotganimda boshimda har xil o‘ylar keladi, xuddi namozni nima uchun o‘qiyotganimni bilmayotganday. E’tiqodimga putur etib qolishidan qo‘rqyapman. Maslahat bering! Shuningdek, diniy qarashlarimni mustahkamlash uchun qanday diniy adabiyotlar o‘qisam bo‘ladi? Rahmat, Assalomu alaykum!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Avvalo namoz o‘qish katta baxt. Namoz o‘qish Alloh taolo bilan roz aytishishdir. Banda Alloh taologa eng yaqin bo‘lgan holati sajdada turgan holatidir. Shuning uchun qancha ko‘p namoz o‘qisa shuncha yaxshi. Keyin siz aytgan namozlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam doimiy ravishda o‘qib yurganlar. Bizning mazhabimizdan boshqa mazhablarda bu gap engil olingan. Bizning mazhabimizda farz namozlardan oldingi va keyingi sunnat namozlar farzni to‘ldiruvchi namozlardir. Farzdan oldin o‘qiladigan sunnat farzga tayyorgarlik, keyingisi farzda nuqson bo‘lsa, to‘ldiradi. Siz ularga e’tibor bermay, o‘zingiz o‘qiyvering.
26 May 2022, 20:19 | Savol-javoblar | 153 | Namoz