iltimos erkaklar o‘qimasin

Assalomu-alaykum opajon! sog‘-salomatmisiz, Opajon sizidan bir narsa xaqida so‘ramoqchidim. xomilani man qiluvchi narsa tufayli odatkuni cho‘zilsa xayz xisoblanadi debsiz. oldin menda 6kun edi, spiral tufayli 8-9kungacha cho‘ziladi 9-10kundan yana 5kunlarcha qonli vidileyiya kevuradi. qachondan boshlab namoz o‘qishim kerak. yana bir savolim bor edi odam yoshligida tutmagan ro‘zasini qazosini tutib beradimi, man 18 yoshimdan boshlaganman, lekin qachoh nechi yoshimda birinchi marta xayz ko‘rganimni bilmayman eslolmayman. Dinimizda qiz bolani balog‘at yoshi aniq belgilab berilganmi?javobiz uchun oldindan katta raxmat. Ollohim o‘zi sizini asrasin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
hayzning eng ko‘p muddati o‘n kun, undan ortig‘ini istihoza deb hisoblaysiz.qiz bola hayz ko‘rishi bilan balog‘atga etgan hisoblanadi. eslashga harakat qiling. eslay olmasangiz, tahmin qilib qarzlaringizni tuting.

28 Aprel 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 178 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar