Komil inson

Assalomu alaykum! Hurmatli istozlar, men uzoq vaqtdan beri bir savol qiynaydi. Kollej va maktab darsliklarida biz komil inson haqida ko‘p o‘qiymiz. Bu kitoblarda yozilishicha komil inson hali yo‘q ekan. Ya’ni umuman bo‘lmagan. Mening savolim shundan iboratki payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam komil inson bo‘la oladilami? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U kitoblarni komil insonlarni tanimaganlar yozgani achinarli. Komil insonlarni yozgan kitoblarini darsliklarga kiritilmaganligi yanada achinarli. Har bir valiy(ularni sanog‘i yo‘q) komil insondir. Payg‘ambarlar o‘sha komil insonlarning eng komillaridir. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o‘sha komil payg‘ambarlarning ham eng komillaridir. Shayx Sa’diy rahmatullohi alayh “ko‘rshapalak quyoshni ko‘rolmasa quyoshda nima ayb” degan ekanlar. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar