Maziy chiqib qolsa, g‘uslni takroran qilish kerakmi?
Junublikdan poklanish uchun qilingan g‘usldan biroz o‘tib rangsiz shaffof suyuqlik(maziy) chiqib qolsa, g‘uslni takroran qilish kerakmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Maziy – jinsiy a’zodan chiqadigan oq rangdagi o‘ta mayin suyuqlik bo‘lib, u odatda jinsiy yaqinlik yoki shunga yaqin harakat bo‘lganda chiqadi. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ko‘p maziylik odam edim. Qizlarining istiholasi uchun Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashga uyalar edim. Bas, Miqdod ibn Asvadga buyurdim. U Onhazrat sollallohu alayhi vasallamdan so‘radi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Zakarini yuvadi va tahorat qiladi», dedilar». Beshovlari rivoyat qilishgan. Maziy najas, shuning uchun ham hadisda maziy chiqqandan keyin zakarni yuvishga amr bo‘lmoqda. Maziy chiqqandan keyin tahorat buziladii. Maziy chiqqandan keyin g‘usl vojib bo‘lmaydi.
28 Aprel 2022, 21:34 | Savol-javoblar | 150 | Tahorat