Bitta xotini ishlasa, bittasi ishlamasa
Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Bir tanishimning tengdosh, husndor, uzoq ayol qarindoshi bor edi. Bitta farzand bilan eri o‘lib qoldi. Ayolning ota-onalari tanishimga ikkinchi xotin qilib olishni shama qilishibdi. U ayol ishlaydi, avratlarini imkoni boricha yopib yuradi. Tanishim imomimizdan: “Shu ayolni nikohimga olsam” deb so‘radi. Imomimiz “Birinchi xotiningiz ishlamaydi. Bu ayol ko‘chada yuradi. Nomahramlar bilan gaplashadi. Shularning hammasiga sizga gunoh yoziladi” degan mazmunda javob berdilar. Ishlatmay desa, tanishim ham o‘rtahol, qiynalib qoladi. Imomimiz fikri kuchli inson. Tanishim haqida keng ma’lumotga egalar. Ehtimol, boshqa faktorlarni ham nazarda tutgandirlar. Shu xususda Siz Muhtaram Hazratning fikrlarini bilmoqchi edik.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Meni bu haqda hech qanday ma’lumotim yo‘q. Imom domlaga qo‘shilaman. Bir olim odam aytgan narsani boshqadan so‘rash yaxshi emas.
26 May 2022, 20:30 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar