Men nima qilishim kerak?
Musofirligimda, sharoitim yaxshi bo‘lsada, buzuq jamiyatdan zerikkan edim. Ota-onam vatanda deb tavakkal bir kunimni ko‘raman deb qaytgandim. Endilikda vatanga qaytgach, ishxonada namoz o‘qish osonmas, Sherlok Xolmsga o‘xshab namozga imkon qidirib yuraman. Qolaversa, yoshim uylanishga etib qolgani uchun ko‘pchilik tomondan qistovga olinganman. Ammo hozirgi oyligim bir oilani boqadigan darajada emas. InshaAlloh yaqin yillarda yaxshi bo‘p ketar. Lekin uzoq kutib yurish niyatim ham yo‘q, kechikib ketyapti. Alhamdullillah, Alloh aql farosatdan siylagan - oliy ma’lumotim bor, xorijda universitetni bitirib qaytdim. Ammo, vatanda qalbim xotirjam bo‘lsada, lekin aytganimdek o‘zimni har tomonlama siqilgandek his qilyapman. Insonni qadri puli bilan bo‘lib qolgandek go‘yo. Natijada namozlarda sifat, xushu’ ketgan. Xorijda namozlarimda sifat bor edi, qabul ekanligiga ishonardim. Xozir bunday deyolmayman. Bularning hammasi meni ruhan ezadi. Men nima qilishim kerak?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Avvalo sabr qilish kerak. Qilmoqchi bo‘lgan ishlar haqida istixora qiling.
26 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Avvalo sabr qilish kerak. Qilmoqchi bo‘lgan ishlar haqida istixora qiling.
26 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar