«Umar roziyallohu anhu» kinofilmi haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hazrat Siz "Hud" haqidagi kinofilmni tomosha qilish mumkin emas deb javob bergan ekansiz. Men yaqinda bir tanishimdan Umar roziyallohu anhu haqidagi kinofilmni olgan edim, bu filmda deyarli barcha sahobalrning yuzlari ko‘rasatilgan, lekin Payg‘ambarimiz alayhissalom ko‘rsatilmaganlar. Ammo kinoning boshida Islom olimlari sahobalarning yuzlarini ko‘rsatish joiz ya’ni ruxsat bergan deb aytilgan. Bu kinoni ko‘rsa bo‘ladimi? Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- “Hud” emas, “Nuh” filmi. Bu filmni nomusulmonlar odobsizlik ila suvratga olganlar. Masihiy dinida ko‘pgina taraflar ham ruxsat bermagan va qattiq tanqid qilgan. Musulmon olamida barcha qarshi chiqqan. Umar roziyallohu anhu haqidagi film musulmon ulamolar ruxsati bilan, musulmonlar tomonidan suvratga olingan. Shu bilan birga siz aytganingizdek, sahobalarni ko‘rsatgani uchun norozi bo‘lganlar ham bor. Ammo bu film to‘g‘ri suvratga olingan deganlarning gapi qabul bo‘lgan.

29 Aprel 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar