Bomshlar (Alkash)ni xaydash

Shayx Hazratlari, Hazrat, bilmadim podezmiz issiqligi uchunmi yoki ishratxonaga yaqinligi uchunmi, ko‘pincha podezmizga bomshlar kelib yotib, peshob qilib, ravso qilib yoki podezda turgan setkadagi axlatlarni titib tashlaydi. Eng qizig‘i Men 5 qavatda turaman 4 va 5 qavatni bog‘lovchi zinada yotib olishadi. 4 qavatda singlimlar turishadi va bolalarim chiqishga yoki ular biznikiga kelishga qo‘rqib, telefon qilib xaydashimni aytadi. Men “Ket” deb aytsam, ko‘nmaydi. Majbur turtishga, qattiq gapirishga to‘g‘ri keladi. Hozir o‘ylab ko‘rdim, u ham Alloh yaratgan banda turtib qattiq gapirib oxiratda javobini berishga to‘g‘ri kelsa nima qilaman? deb o‘ylab qoldim. Shunga agar kelib yotib olsa, to‘g‘ri muomila bilan aytsam, ketmasa, indamay uyga kirib ketganim ma’qulmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Haydash kerak. Hukumat odamlariga xabar berish kerak.

26 May 2022, 20:44 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar