Imomlik masalasi
Assalamu alykum, Ustoz! Allohning O‘zi sizning qilayotgan xayrli amallaringizda kuch quvvat bersin! Sizdan ko‘pdan beri qiynab kelayotgan bir narsa hususida soramoqchiman, ijozatingiz bilan. Mening yoshim 19da masjid bosh imomi yo noibi yo‘q paytda meni o‘zimga namozni, qiroatni, sunnatni o‘rgatgan ustozlarim meni imomlikka o‘tgazishadi. Ularning aytishicha mening qiroatim ularnikidan ko‘ra yaxshi ekan va sunnatni ham yaxshi bilar ekanman. (men o‘zimni maqtamoqchi emasman bu ularning fikrlari). Meni qorqitayotgan narsa ular mendan kora koproq sura yodlashgan. Bir voqeani aytib bersam: bir kun bomdod nomoziga imomlikka o‘tdim. namozdan so‘ng bir otaxon "Ie Xasanboy shu erda ekanku!" deb qoldi. (Xasanboy - mening ustozim) jamoat mendan norozimikin deb bowka imomlikka otmay qoygandim. Lekin ustozlarim qattiq turib :yo‘q yo‘q siz o‘ting" deb qo‘yishmayapti. Nima qilay Ustoz yordam bering. Azbaroyi Allohdan qo‘rqanimdan nima qilishni bilmay qoldim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ustozlar aytgan bo‘lsa, xo‘p deng.
4 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 157 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ustozlar aytgan bo‘lsa, xo‘p deng.
4 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 157 | Namoz