Tijoratdagi nozik masalalar

Ustoz, men dubayda tijorat bilan shug‘ulanaman. Bizga barcha joydan xaridorlar kelib xarid kiladilar. Ba’zi xaridorlardan shunday talablar tushmoqda. Ya’ni Arab davlatlaridan faqat Saudiya hududiga kiradigan barcha oziq va no oziq bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqgan davlat nomi o‘chmas qilib yozilgan bo‘lishi shart ekan. Shu boisdan Dubaydan eksport qilinadigan mollar asosan qurilish mollari, Xitoyda chiqadigan sifati yuqori bo‘lgan mollarga (Germaniyada chiqgan) deb yozib berilishini so‘rashmokda. Biz “bunday qilish yaxshi emas ku?” desak, “bizda sotganda Germaniyaning sifatida, lekin Xitoyda ishlab chiqarilgan deymiz, Germaniyaning moli emasligini hamma biladi” deyishdi. Saudiyalik xaridorlarga rad javobini berdim. Lekin iltimoslar “buning senga farqi yo‘q ku? Nima xaridor talabi shu bo‘lsa, nima qilay?” deb tinmay qo‘ng‘iroq kilayapdi. Bu masalaning biror echimi bormi? Javobingiz uchun oldindan rahmat Alloh rozi bo‘lsin .
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizning qilganingiz to‘g‘ri. Bu ish mumkin emas.

26 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar