O‘qituvchining ushbu ishi halolmi?
Ustoz avvalo Allohga Hamd Rasuliga salovatlar bo‘lsin. Sizning din yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun Alloh ajru hasonotlar bersin. Ustoz bir muallima opam o‘zlari boshqa viloyatda istiqomat qilishlari va internet saytlari orqali sizga savol yo‘llashga imkoniyatlari yo‘qligi sababli, menga maktub orqali savol yo‘llab, siz janoblaridan javob va fikr mulohazalaringizni olishimni iltimos qilibdilar. Opamning yuborgan maktublarini aynan etiboringizga xavola etmoqchiman. Javobingizni olib, opamga etkazaman. Oldindan sizga tashakkur izhor etib g‘oibona shogirdingiz! "ukajonim. Xayrli kun tilayman. Anchadan buyon bir savolim bor. Shayximizga (bu erda aynan Shayx Muhammad Sodiq Hazratlari nazarda tutilgan) shunday savol bilan murojaat qilishganmikan? Bizda turli fanlardan oliygohlarga kirish uchun abiturientlarni tayyorlaydigan o‘qituvchilar bor. Shularni orasida ayollar ham bor. Har yili 1-avgustda Toshkentga borib (u erga bizni o‘qituvchilarni aniqlab chaqirishadi) institutlarda yashirincha xonalarga joylashib ichkaridan o‘g‘rincha chiqarilgan variantlarni echib berishadi. Evaziga juda katta miqdorda pul ishlab qaytishadi. Har bir varintga faqat bitta faniga 500$ to‘lashadi. Bitta o‘qituvchimiz bir sezonda kamida 10.000$ ishlaydi. Shu bilan uy joyini tuzatadi, remont qiladi, bolalarini edirib ichirib o‘qitadi, mashina sotib oladi. Ulardan ko‘rib boshqa o‘qituvchilarimizni ham, bu ishga qiziqishi ortib boryapti. Daromad manbai bo‘lib qolyapti. Ammo buni negizida minglab savodsiz bolalar talaba bo‘lib, bilimli bolalar kirolmay qaytib ketyapti. Endi izidagi jamiyatga etkaziladigan zarar hammaga ma’lum, bu savodsiz kadrlar bilan. Meni qiziqtirgan savol shuki o‘qituvchilarimiz “bu pulni biz mehnat qilib topyapmiz” deyishadi. Shu yo‘l bilan topayotgan pullari ularga halolmi?"
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday pul topish harom.
26 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday pul topish harom.
26 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar