Bir yildan ortiq erdan ayri yashasa, taloq tushadimi?

Hozirgi kunda 36 yosh ayol. 24 yoshligida nikohi bo‘lgan, ikkinchi ayol bo‘lib turmush qurgan. 10 yil birga yashashgan. Mahr uchun tilla zirakcha berilgan, bu ayol tarafidan ma’qul bo‘lgan. Eri adolatli bo‘lmagani uchun, ayol taloq so‘ragan. Er qabul qilmagan. Ayol erini uydan ketishini so‘ragan va shu bilan hozirgi kunda bir yilu ikki oy ko‘rishishmagan, birga yashashmagan, eri ro‘zg‘or yoki boshqa narsa qilmagan. Chaqaloqlari ham bo‘lmagan bu juftlikni. Ayol endi boshqa erkak bilan nikoh qilib, farzandli bo‘lmoqchi. Nima qilishi kerak? Haliyam birinchi erini nikohida hisoblanadimi? Agar hisoblansa, ko‘rishmasdan qanaqa qilib nikohni buzsa bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Haliyam birinchi erini nikohida hisoblanadi. Taloq olib, idda o‘tirishi kerak. Keyin yangi turmush qiladi.

26 May 2022, 20:56 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar