Spirtli ichimlik

Assalomu alaykum! Biza buyurtma taksida ishlimiza. Unda dostavka xizmatlariyam bor. Dostavka xizmatida spirtli ichimliklar sotib olib olib borib beriladi shu ishi birodarlarim gunox bu ishi qilmang deyishdi. Lekin o‘zlari ichgan odamni mashinasini oborib berishadi. Ya’ni peregon qilib berishadi. Savolim Peregon uchun ichib olgan insonga yaxshilik qilib mashinasini olib borish joizmi? 2. Spirtli ichimliklar etkazib berishchi? Oldindan katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Joiz.
2). Bu gunohga yordam berish hisoblanadi. Bu ikkisi o‘rtasida farq bor. Peregon qilib berayotganlar ichuvchilarga yordam berishmaydi. Ular ichib bo‘lib keyin peregonchilarga murojaat qilishadi. Etkazib berishda esa ular etkazib berganidan keyin o‘sha harom ishni qilishadi. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:44 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar