Ota rizosi
Shayx hazratlari! Akam uylanmoqchi edi. Ikki taraf hammalari rozi. To‘yni shu o‘tgan noyabr oyining o‘rtasiga belgilashgandi. Lekin qizning bobosi (dadasining dadasi) turli xil kurakda turmaydigan bahonalar bilan to‘yni to‘xtatdi, ya’ni muddatini surdirdi. Uyimdagilar dekabr oyining o‘rtalariga mo‘ljallashib, kunini ham belgilab qo‘yishgandi. Shu bobosini oldidan o‘tib qo‘yaylik, deb huzurlariga borishsa yana bahonalar qilib, to‘yni yanagi yil men aytgan vaqtga qilamiz, deb turib olibdi. O‘zlari dindan bexabar odamlar, qizning uyidagilari ota-onasi, qavm-qarindoshlari ham u kishining bu qiliqlaridan norozilar. Lekin mana shu "oila boshi"ning rioyasini qilib turishibdi. Meni uyimdagilar ham to‘y cho‘zilaverganiga xalovatlarini yo‘qotib, xunob bo‘lib yurishibdi. Men ularga qizni ota-onasi rozi bo‘lsa bo‘ldi, bobosining sabablari din arkonlariga ham to‘g‘ri kelmaydi, to‘yni qilaveringlar desam, ular: "Aslida qizning otasi ham rozi, faqat otasidan qo‘rqib turibdi", deyishyapti. Ustoz yo‘l ko‘rsating, uyimdagilar qizni olib kelib, to‘yni qilishaversinlarmi? Axir ikki voyaga etgan musulmon, uylanishga har tomonlama sharoit bo‘lib turganda, uni asossiz to‘xtatish dinimizga ham to‘g‘ri kelmaydiku!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha noma’qul boboga gapi o‘tadigan odamlarni ishga solinglar. O‘sha kishilar uni ko‘ndirsinlar.
26 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘sha noma’qul boboga gapi o‘tadigan odamlarni ishga solinglar. O‘sha kishilar uni ko‘ndirsinlar.
26 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar