Uxut g‘azotidagi yaxudiy

Assalomu alaykum! Siyrat kitoblarida bir hodisani o‘qib qoldi, Uxut g‘azotida payg‘ambarimiz alayhissalomga ba’zi yahudiylar itoat qilmay jangdan bosh tortishadi. Shunda yahudiylardan biri aytadiki men Muhammadga (s.a.v) bergan va’damni buzmayman men ahdga vafo qilaman, musulmonlar bilan jangda qatnashaman, musulmonlarga yordam beraman deb Payg‘ambarimiz alayhissalomga sodiq qoladi! Endi savolim shuki, o‘sha yaxudiy islom dinini qabul qilmaydi va uxut g‘azotida vafot etadi. U yahudiy shahid hissoblanadimi? U yahudiy ham jannatga kirishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ahdiga vafo qilish hamma dinda talab qilingan ishlardan hisoblanadi. Shahidlikning shartlaridan biri musulmon bo‘lish. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:08 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar