Riboga oid ikki hadis haqida

faziylatli Shayx hazratlari ! Kelayotgan Iydi qurbon muborak bo‘lsin. Alloh taolo umringizni ziyoda va barakotli aylasin. Hurmatli Islomda halol rizq, halol luqma bilan kun kechirish masalasiga juda katta ahamiyat beriladi. Payg‘ambarimiz(s. A. V) tomonlaridan ham bir qancha hadisi shariflarda, Alloh taolo bandadan oxiratda, eng avvalo rizqni qanday yo‘l bilan topgani va qay tariqa sarflagani to‘g‘risida so‘ralishi to‘g‘risida ta’kidli ogohlantirishlar kelgan. Sizdan so‘ramoqchi bo‘lganimiz, bugungi kunda rizqimizda asosiy o‘rin tutadigan oddiygina nonning bizgacha tayyorlanish bosqichlari haqida. Rizq(oddiy non timsolida) taxminan shunday yo‘l bilan vujudga kelyapti. Dehqon bug‘doy ekish uchun mablag‘i bo‘lmasa, bankdan kredit olmoqda. Etishtirilgan hosilni sotib olish uchun un kombinati ham bankka murojaat etadi. Un tayyor bo‘lgach, savdo tashkiloti un kombinatiga to‘lovni kredit orqali amalga oshiradi. . . Agar chet eldan kelayotgan unni ko‘radigan bo‘lsak, qaysi yo‘l bilan, pulgami, bartergami yoki oltinga almashtirish orqali kelyaptimi, agar almashtirish orqali kelayotgan bo‘lsa, riboga yo‘l qo‘yilmayaptimi kabi savollar paydo bo‘ladi. Bitta non tayyorlash uchun kamida(eng sodda variantda) 3 marta riboga yo‘l qo‘yilmoqda. Dehqon erni kreditga tayyorlaydi, kreditga urug‘ oladi, kreditga texnika ishlatadi, kreditga yoqilg‘i sotib oladi va boshqalarni qo‘shilsa, ro‘yxat ko‘lami kengayib boraveradi. Buni boshqa iste’mol tovarlari misolida ham ko‘rish mumkin. Quyidagi ikki hadis ham(agar sahih bo‘lsa) balki shu masalaga daxldordir: Abu Hurayra r. A. Rivoyat qiladi: “Rasulalloh s. A. V. Dedilar: “Qiyomatga yaqin qolganda ribo keng tarqaladi. ” (Tabaroniy rivoyati) Abu Hurayra r. A. Dan rivoyat qilingan boshqa hadisda Rasulalloh s. A. V. “Insonlarga shunday zamon keladiki, kishi olgan narsasi haloldanmi, haromdanmi unga e’tibor qilmaydigan bo‘lib qoladi”, deganlar. Javobingiz uchun oldindan tashakkur. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘zingiz bu ishlarda haromni aralashtirmasingiz bo‘ldi. Halolni tanlab olib iste’mol qilasiz. Ammo sotuvchi qilgan ish sizga bog‘liq emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yahudiy va boshqalardan oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olganlar.

26 May 2022, 21:21 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar