Nima qilamiz
Bizning hovlimizda ikkita uy bor. Biri buvamga, ikkinchisi otamga qarashli. Lekin buvam olamdan o‘tib ketgan. Buvim esa hayotdirlar. O‘sha olamdan o‘tgan buvamning 4ta o‘g‘li, 3ta qizi bor. Hammasi uylangan, turmushga chiqqan. O‘sha hovlida eng katta o‘g‘li yashaydi, oilasi bilan. Men o‘sha katta o‘g‘lining o‘g‘liman. Savol shuki, yuqorida aytilgan buvamga qarashli uy shariat bo‘yicha qanday taqsimlanishi kerak? Endi u otamning o‘ziga shaxsiy uy bo‘lishi mumkinmi? Yoki buvamning boshqa farzandlarining haqlari, ya’ni ulushlari bormi? Ularning (qolgan 6ta farzandining) roziligini olib, o‘ziga(eng katta o‘g‘li) qaratib olsa-chi? Oldindan rahmat?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Boshqalarning haqlari bor. Buvingizga sakkizdan bir. Qolganini o‘g‘il va qizlar, bir o‘g‘ilga ikki qizning hissasi qoidasi bo‘yicha taqsimlab oladilar.
26 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar