Qo‘y so‘yilishi

Assalomu alaykum! Bir akamiz so‘radilar, boshlariga mushkul tushgan vaqt Alloh shu mushkulotdan eson omon o‘tishlikni nasib qilsa, shu mushkulotdan o‘tib olsam Alloh yo‘liga qo‘y so‘yaman degan ekanlar. Mushkullari oson bo‘lgan vaqtda imkonlari sharoitlari bo‘lmay qolibdi. Keyinroq qo‘y olib boqib uni qurbon xayitda so‘ysa xisobga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘tmaydi. Alohida so‘yib o‘zi ham oila a’zolari ham emasdan faqir-miskinlarga tarqatish vojib bo‘ladi. Chunki qurbonlik kunlaridan boshqa paytda jonliq so‘yish ibodat emas. Birortasi jonliq so‘yaman desa go‘sht tarqatishga nazr bo‘ladi. Bunday nazr qilgan odam o‘zi eyolmaydi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:35 | Savol-javoblar | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar