paygambarlar

qaysi paygambarimizani ustilariga tilladan chigirtga yoggan va nega
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ayyub yalang‘och g‘usl qilayotgan edi. Ustidan tillodan bo‘lgan chigirtka (haykali) tushdi. Ayyub uni kiyimiga o‘ray boshladi. Shunda Robbisi unga: «Ey Ayyub! Men seni ko‘rib turgan narsangdan behojat qilmabmidim», dedi. U: «Izzating ila qasamki, shundoq bo‘lgan. Lekin, men Sening barakangdan behojat emasman», dedi». Buxoriy rivoyat qilgan.  

26 May 2022, 22:05 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar