Qanday yo‘l tutganim maqul?

Assaalomu alaykum! Man hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasida 2-bosqich talabasiman. InshoAllah bo‘lajak shifokorman. Oldimga maqsad qo‘yganman USMLE litsenziyasini olishga lekin u uchun amerikada o‘qish kerak. Man qiz bo‘laman ikkilanib qoldim. USMLE litsenziyasini olib eng yaxshi shifokor bo‘lishni maqsad qo‘ygandim yani katta pul bilan chet elda operatsiyalar qilishadi. Shu uchun ham eng yaxshi shifokor bo‘lib shuni o‘z yurtimizda ham yo‘lga qo‘yish niyatim bor. Bu uchun ko‘p malaka oshirishim chet elda o‘qishim kerak. Ammo oila qurish masalasi ham bor. Agar turmush o‘rtig‘im ham shifokor bo‘lib unda ham shunday maqsadlar bo‘lsa erishishim osonlashadi oilali bo‘lib ham agar bunday bo‘lmasa o‘qishdan oilani ustun qo‘yib bu orzularimni unutishimga to‘g‘ri keladi. Man uchun qaysi yo‘l to‘g‘riroq oila qurishimni biroz kechiktirib shu maqsadlarimga erishishimmi? InshoAllah halqimizga manfaatli bo‘ladigan shifokor bo‘olish, yoki bularni unutib oila qurib farzandli bo‘lish va ularni tarbiyasi bilan shug‘ullanishimmi agar turmush o‘rtog‘im shifokor bo‘lmaydigan bo‘lsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ikki ishni ham qilishga harakat qiling. Sizga o‘xshagan ayol mutaxassislarga mumulmon xalqimiz juda muhtoj. Yaxshilab o‘qing. Allohda duo qilib so‘rang, sizga munosib turmush o‘rtog‘ini berishini. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 132 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar