Bolnitsada namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin! Shifoxonalarda diniy rasm-rusum va ibodatlar ta’qiqlangan ekan. Kunduzgi ibodatlarni bir amallab masjidga borib ado etish mumkin. Lekin eshiklar yopilib, qulflanganidan so‘ng buning iloji qolmayapti. Iltimos maslahat bering, qanday yo‘l tutay? Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bizning mamlakatimiz konstitutsiyasida har kim xohlagan diniga e’tiqod qilish va dini buyurgan ishlarni emin-erkin ado qilish huquqiga ega. Shayton yoki uning do‘stlari vasvasa qilsa taslim bo‘lmaslik kerak. Qo‘rqmasdan ibodatingizni qiling. Musulmon kishi dengizda cho‘kayotganda ham namozini ado qilish shart deyilgan. U erning tartibi tashqariga chiqarmaslikni talab qilsa xonangizda bo‘lsa ham o‘qing. Bu kabi ta’qiqlar hamma zamonda bo‘lgan, qiyomatgacha ham bo‘ladi. Mo‘min iymoniga yarasha sinaladi. Allohni buyrug‘ini bajarganlar jannatga, shaytonni burug‘ini bajarganlar esa do‘zaxga ketaveradi. Alloh taolo “Ahzob” surasida marhamat qiladi: يُصْلِحْ لَكُمْ أَعْمَالَكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَمَن يُطِعْ اللَّهَ وَرَسُولَهُ فَقَدْ فَازَ فَوْزًا عَظِيمًا 71. U Zot sizning amallaringizni solih qiladir va gunohlaringizni mag‘firat qiladir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, batahqiq, buyuk yutuqqa erishibdir. وَمَن يَعْصِ اللّهَ وَرَسُولَهُ وَيَتَعَدَّ حُدُودَهُ يُدْخِلْهُ نَارًا خَالِدًا فِيهَا وَلَهُ عَذَابٌ مُّهِينٌ 14. Kim Allohga va Uning Rasuliga osiylik qilsa va Uning chegaralarini buzsa, U Zot uni mangu qoluvchi bo‘lgan holida olovga kiritadir. Va unga xorlovchi azob bordir. (“Niso” surasi). Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 22:51 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar