Jamoadagi saf

Assalomu aleykum Ustoz sog salomatmisiz ro‘za bilan charmay Alloh sizga va barcha ro‘zadorlarga kuch kuvvat sabr bardosh bersin va tutaetgan ro‘zamizni uzi kabul kilsin. Sizni ham bizlarga kilaetgan savobli xizmatlaringizni Allohning uzi ajr mukofotini bexisob qilib bersin amiyn. Ustoz birinchi savolim kuyidagicha masjidga imomni orkasidan kim va kanaka mansabli insonlar ( bu kori olim va eshi keksa ) birinchi safda turib namoz o‘qishga xakli?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Menga sizlardan etuklik va aql egalari yaqin tursin. So‘ngra, ularga yaqin keladiganlar», deb uch marta aytdilar. «Bozorlarning shovqinidan ehtiyot bo‘ling», – dedilar». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Demak, jamoat namozida imomga eng yaqin turadigan kishilar har jihatdan etuk va aql egasi bo‘lishlari kerak. Boshqacha qilib aytganda, imom namozni ado etishda yoki qiroatda adashib qolsa, uni tuzatib qo‘yadigan yoki biror sababga ko‘ra namozni tark etadigan bo‘lsa, o‘rniga o‘tib, kelgan joyidan namozga imomlik qilib keta oladigan shaxslar bo‘lishlari kerak. Har kim o‘zini urib imomning orqasiga yoki unga yaqin joyga safga turib olaverishi ham durust emas.

26 May 2022, 22:25 | Savol-javoblar | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar