Etikka mash tortish

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, men birinchi martta savol beryapman savolim shundan iborat men bahorda ishga chiqib ketaman, noyabr oyigacha ish jarayonida oyog‘imda doim etik bo‘ladi. Ko‘p vaqt namozni qazo qilyapman, tahorat qilsam va etikka mash tortib namoz o‘qiyversam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Etik pokiza teridan tikilgan bo‘lsa, ya’ni cho‘chqa teridan bo‘lmasa, butun bo‘lib, uch barmoq ko‘rinadigan yirtiq bo‘lmasa mash tortish joiz. Namozni qazo qilishga hech qanday uzr yo‘q, chunki u nari borsa besh-o‘n daqiqa vaqtni oladi xolos. Zarurat taqozo qilganida faqat farzni o‘zi o‘qilsa, uch to‘rt daqiqa ketadi xolos. Namoz bilan qilingan har qanday ishda baraka bo‘ladi. Har bir ibodatning bir uchi jannatga ulangan bo‘ladi. Shuning uchun yaxshilik qilgan inson qalbida xursandchilik va rohatni his qiladi. Gunohning bir uchi esa do‘zahga ulangan bo‘ladi. Gunoh qilgan inson hamma vaqt qalbida noxushlik va g‘amni his qilib yuradi. Alloh taolo “Jannatimga kirgin ey bandam” deb turganida undan bosh tortmaslik kerak. Alloh taolo tavfiqda bardavom qilsin! Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:29 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar