Ayollarning janozalari
Hazrat kirib kelgan Ramazon oyi xammamizga kutlug kelsin, Sizga savol bilan murojaat qilishga ruxsat bersangiz. Hazrat men bermokchi bo‘lgan savol ayollarning janozalari haqida, men oldinlari janoza namozida katnashganimda xech ham e’tibor bermas ekanman mana yaqin-yaqindan e’tibor beradigan bo‘ldim, nimagadur masjid imomlari ayol kishini janozasini o‘qishdan oldin, marxuma ayolning eridan ayolizdan roziymisiz deb so‘rab olishyapti, vaxolanki, bu roziyman degan suzini marxumani eri imom surashidan oldin aytishi kerakmasmi, agar marxumani eri indamasa imomlar so‘rab olishga xaklilarmi, xech kim bilmaydiku er xotin urtasida kanday muomila bo‘lgan, ayol itoatkor bo‘lganmi yoki aksincha, agar marxuma ayol eriga itoat kilmay olamdan utgan bo‘lsa, lekin imom siz roziymisiz deb surasa marxumani eri xammani oldida yo‘q noroziman deb aytmaydiku jamoatni oldida noroziman deyishga uyalib ham roziyman deb aytvuradi, ulim xak xammani boshida bor narsa, bunday xodisa xar bir odamni xayotida ruy berish extimoli bor, bunday xollarda erkak kishilar kanday yul tutishlari kerak bo‘ladi, shu buyicha ham maslaxatingizni bersangiz. Agarda er ayolidan norozi bo‘lgan xolda roziman deb aytsa oxiratda savol javob vaktida roziman degan gapi kuchda koladimi yoki xayotlik vaktida er ayolidan roziyman deb, dilida noroziy bo‘lgan bo‘lsa dilidagi niyat kuchda koladimi. Javobingiz uchun oldindan tashakkur XAZRAT! ! !
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ayol ham rozi bo‘lishi kerak. Faqat er emas. Alloh taolo hamma narsani bilib turadi. G‘ech bandaga zulm qilmaydi. Hammani qilganiga yarasha hisob qiladi.
26 May 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ayol ham rozi bo‘lishi kerak. Faqat er emas. Alloh taolo hamma narsani bilib turadi. G‘ech bandaga zulm qilmaydi. Hammani qilganiga yarasha hisob qiladi.
26 May 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar