Audio ma’lumotlarni yaqinlarga ulashish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men «Semurg‘ media» studiyasida yozilgan Shayx Muhammad Sodiq Muhamma Yusuf hazratlarining «Mo‘minlarni qiziqtirgan savollarga javoblar» audio disklarini xarid qilgan edim. Diskning muqovasida «Muallif ruxsatisiz nusxa ko‘chirishning barcha turlari, iqtibos, olish va sotish shar’an xarom, qonunan man etiladi» degan yozuvni o‘qidim. Ushbu audio yozuvni men asosan mashinada tinglab yuraman. Tinglab yurgan paytlarim mashinaga do‘stlarim, qarindoshlarim chiqishadi va audioni eshitib, ularda ham qiziqish uyg‘onadi. Shunda ularning «menga ham fleshkaga tashlab ber, tinglab ma’naviy ozuqa olay» degan murojaatlariga men muqovadagi yozuvni eslatib rad javobini aytsam, ularning ba’zilari tushunishni istamay, «qizg‘onyapti», «erinyapti» kabi taassuroti uyg‘onyapti. Shunday vaziyatda ularga qanday izoh berib «xafa qilish»ni oldini olsam bo‘ladi? Yohud aslida yaqinlarga shu kabi audio ma’lumotlarni savdo yoki boshqa manfaat uchun emas, ularning ongini ma’naviy boyitish maqsadida ulashish harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh barchamizning ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf(rahimahulloh) hazratlari qoldirgan ilmiy merosdan bahramand bo‘lishga muyassar aylasin. Yaqinlaringizga o‘zingiz tushunib etgan mualliflik huquqlarini bayon qilib anglatishga harakat qiling. Allohga hamd bo‘lsin, shuncha ilmni bizga muyassar qildi. Biz ham o‘z o‘rnida bu ishlarga hissa qo‘shishga harakat qilaylik. O‘sha yaqinlaringizga o‘zingiz foydalanayotgan audio mahsulotlardan olib hadya qilsangiz, katta savobga ega bo‘lasiz hamda shu ishlarning rivojiga hissa qo‘shasiz. Alloh doimo yaxshi amallarda hamkor aylasin! Vallohu a’lam! Ismoil Muhammad Yusuf
26 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 159 | Mediya