Oq bo‘lganmi

Assalomu alleykum! Hazrat sizga bir do‘stimni iltimosiga binoan ush bu savolni bermoqdaman, do‘stim shu narsani sizdan so‘rab berishni iltimos, qilgandi. Masala quydagicha: do‘stimni aytishi bo‘yicha oldinlari otasi ichib kelib uyda janjal qilar
edikan, bundan onasi va o‘sha uydagilar ozor ko‘rardikan. Shunaqa vaziyatlarda o‘sha
tanishim janjalni to‘xtataman deb mast otasiga qo‘polik qilgan afsuskiy qo‘l ko‘tarishgacha borilgan. Aytishicha buni o‘zi xoxlab emas o‘sha mast xolatdagi otasini ishini ko‘rib va onasini ximoya qilaman deb qo‘l ko‘tarishgacha borgan. O‘sha tanishim hozirgi kunda ancha taqvoga kelgan. Namozlarni o‘qishni boshlagan. Bilamizki ota onaga oq bo‘lgan odamni oxirati xarob bo‘ladi. Tanishim aynan shu narsadan qo‘rqyapti "otamga nisbatan
qilgan ishim uchun oq bo‘lmadimikanb, endi nima qilsam ekan" deb ancha aziyat chekyapti. Xozirda Allohga shukr do‘stimni otasi ichishni tashlagan, ota bilan o‘g‘il o‘rtsidagi munosabati yaxshi, do‘stimni o‘ylantirayotgan narsa o‘sha o‘tmishdagi otasiga bo‘lgan qo‘polik uchun qandek tavba qilsam bo‘ladi va oq bo‘lmadimikan deb o‘ylanib yuribdi. Hazrat shu masala yuzasidan savol: o‘sha tanishim otasiga oq bo‘lmaganmi va qandek tavba qilish kerak?
Xozirda ota onasi tirik bundan kegin ota onasini rozi qilishga astoydil axt qilgan.
Hazrat iltimos, shu masala yuzasidan o‘z maslaxatingizni ayamasez. Alloh sizdan rozi
bo‘lsin, tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Oq bo‘lgan emas. Otasidan uzr so‘rab qo‘ysin.

26 May 2022, 22:33 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar