Shayx hazratlariga iltimos

Ustoz Alloh bizni baxtimizga, umringizga barakot bersin. Namanganga tashrif buyurib bizni juda hursand qildingiz. Masjid xonaqosi kichiqroq bo‘lgani uchun qariyb 95% odam tashqarida qoldi. Alhamdulillah, menga ichkariga kirish nasib etdi. Lekin ustoz tashqarida qolgan odamlarga sizdek ustozni ko‘ra olmay qolishganiga achindim. Sizdan iltimos Ustoz Inshaalloh bu safar kelganingizda Namangan viloyat, Uychi tumanidagi Hudayberdi Eshon Masjidiga kelsangiz, chunki u erni xonaqosi katta va ancha kishi ichkaridan joy topadi. Sizdan itimos! Agar iltimosim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman. Ustoz xaqqimga duo qilib quying iltimos. Assalamu alaykum.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Internet va disklarda lavhalar ko‘p. O‘shani ko‘rishga harakat qilishsin. Alloh taolo xohalasa yanagi safarlar nasib qilar.
26 May 2022, 19:32 | Savol-javoblar | 84 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar