Vijdon azobi

Assalomu alaykum! Ismim Abdulla, yoshim 18 da. Men yo‘llarda piyoda ko‘p yuraman.
Panada, uyog‘-buyog‘da ikkita nomahram faxsh ishlar qilayotganiga ham juda ko‘p duch kelib qolaman. Borib shu erda nasihat qilgim, dakki bergim keladi, lekin ular yoshi menikidan ancha katta bo‘ladi. Shunday paytlarda parvo bermay o‘tib ketolmayapman. Menga qanday maslahat berasizlar? Indamay o‘tib ketaymi yoki ichimdan duolar o‘qiymi yoki ularga dakki beraymi? Aslida hammamiz jim o‘tib ketaversak, ularga indamasak, kelajakda ularni adadini ko‘payishiga sabab bo‘lmaydimi? Xullas, islomni bilmaslik bugungi kunda insonlarni shaytonnig quliga aylantirib qo‘ymoqda. Bundan vijdonim qiynaladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularni bu ishlardan qaytara oladigan joylarga ayting. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 23:13 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar