O‘g‘irlagan ma’lum bo‘lsa

Alhamdulillahi robbil alamiyn, vassolatu vassalamu ala xoyri xolqihi Muhammad va ala alihi va ashabihi ajmaiyn. Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, muhtaram ustoz. Ijozatingiz ila savolimni yo‘llasam: men kompyuter va unga bog‘liq qurilmalarni tuzatish va shu kabi ishlar bilan shug‘ullanaman. Shu sababdan bir mijoz mendan o‘zining yo‘qotib qo‘ygan taxminan 200 - 250 $ turadigan telefonini topib berishimni so‘radi va telefonining barcha hujjatlarini menga berdi. Chunki, ba’zida yo‘qolgan telefonni maxsus usullar bilan topish imkoni bo‘ladi. Ammo ish maxsus usullargacha bormadi. Bir-ikki kishidan surishtirib bilsam, telefonni qo‘shnim o‘g‘irlagan ekan. Va sotib yuborishga ham ulguribdi. Telefonni egasi namozxon bola, qo‘shnim esa tuppa-tuzuk bolaga o‘xshaydi-ku, lekin benamoz, ichadigan... Kerakli joyga aytib beray desam, homilador ayoli bor qo‘shnimning, shuni o‘ylayman. Shu holga boshim qotib qolgan, ustoz, maslahatingizga muhtojman. Shu holatda shariat mani nimaga buyuradi? Savolimni cho‘zib yuborganimdan xijolatdaman, niyatim holatni tasvirlash edi... Alloh subhanahu va ta’aladan sizga barcha yaxshiliklarni so‘rab Moskvadan g‘oyibona shogirdingiz Dilshod. Assalamu alykum va rohmatullohi va barokatuh.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bo‘ladi.

5 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar