Skandinaviya davlatlarida ro‘za

Assalam alaykum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari Mana ramazoni sharif ham yaqinlashib qolmoqda. Biz Skandinaviya olkalaridan birida istiqomat qilamiz. Bu erlarda ramazonga borib fajr 2. 30 larda, magrib esa 10. 00 larda kiradi. Shunday ekan ro‘za 19-20 soatlar chamasi davom etadi. Bir birodarimiz ayttiki, Misr ulamolaridan birini fatvosi bor emish, skandinaviya davlatlarida yashovchi musulmonlar Makka taqvimi boyicha ro‘za tutar ekanlar. Agar ro‘za 18 soatdan oshsa, unda Makka taqvimi bn ro‘za tutilar ekan. Shayx Hazratlari, bu qanchalik togri? Ozim emizikliman, lekin bu ramazonda albatta ro‘za tutish istagida edim Alloh qodir qilsa. Agar shu narsa togri bolsa bizga ancha engillik bolgan bolar edi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu gap ixtilofli. Ba’zilar siz aytgan gapni aytgan. Ammo ko‘pchilik tutish oddiy ravishda bo‘lishi kerakligini aytgan.

26 May 2022, 22:36 | Savol-javoblar | 148 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar