Terlaganda najosat tarqashi

Assalomu alaykum! Bavl qilgandan keyin suv qog‘oz bilan artib, suv bilan yuvmasa keyin terlasa kiyim najosat bo‘ladimi? Senda poklik masalalarida vasvasa bor deb aytishadi. Bu nima degani? Menda suv ba’zi joylarimga suv sachraganini his qilaveraman, bu ko‘p takrorlanadi, hammomda, tahorat payti, suv bilan istinjo qilish payti, shu ham vasvasami? Iltimos ancha qiynalib qoldim. Davosi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Artganda badanda najosat qolmagan bo‘lsa terlash bilan kiyimga najosat tegmaydi. Siz quyidagi duoni o‘qib yuring: اللهــــم اجعل وساوس قلبــــي خشيتك وذكرك ...واجعل همتــــي و هواي فيما تحب و ترضى  Allohummaj’al vasaavisa qolbii xoshyataka va zikrok vaj’al himmatii va havaaya fii maa tuhibbu va tardoo.  Vallohu a’lam!

11 May 2022, 08:59 | Savol-javoblar | 163 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar