Irodasizligim haqida

Men bu saytdan endigina ro‘yhatdan o‘tdim, shuning uchun savol berishni bilmagan bo‘lmasam ming bora uzr! Meni savolim shuki men o‘zim mustaqil qaror qila olmayapman oq va qora farqlashga qiynalayapaman, gunoh ishni bila turib shu ishni qilayapman o‘zimni to‘xtata olmayapman, shaytonga aldanib qolyapman. Bu ishlardan qutilish uchun men nima qilishim kerak iltimos maslahat bering! Alloh taolo barchamizning qilayotgan xayrli amallarini o‘z huzurida to‘liq ajrlar bilan mukofotlasin. Javob uchun oldindan rahmat! Hurmat bilan, Ziynatillo
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Aqiydani mastahkamlash kerak. Diniy kitoblarni ko‘p o‘qing. Dindor odamlar bilan birga bo‘ling. Alloh taolo barcha narsani ko‘rib, bilib turishini bir zum ham unitmang.

26 May 2022, 22:37 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar