Kreditga buyum olib naqdga pullash
Assalomu alaykum! Men savdo sotiq soxasida ishleman. Anniqrog‘i maishiy texnika do‘konida sotuvchiman. Xozir xammaga ma’lumki, katta-katta kredit do‘konlar ko‘payib ketgan va judayam ko‘p odamlar kreditga texnika sotib olishyapti. Savolim shundan iboratki, bizni do‘konimizga odamlar kreditga sotib olishgan "yangi" texnikalarini olib kelishib arzon narxga pullab ketishadi. Kreditlarini to‘lovlarini qilishadimi yo‘qmi Allohga ayon... Bu tovarlar qanday yo‘llar bilan kelayotganini bilib turib, shu odamlardan narsalarini sotib olib ustiga foyda qo‘yib sotishimiz mumkunmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilishni shariatimizda tavarruq deb nomalanadi. Ya’ni nasiyaga olib naqdga arzonga sotish. Fuqaholar “Bu ish faqat sudxo‘rlikka pul olishga to‘g‘ri kelib qolgandagina joiz. Ammo yuzga yuz bunday ish qiluvchilar faqirlikka mahkum bo‘ladilar” deganlar. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 00:29 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat