“Osiyo” ismini qo‘ysa bo‘ladimi?

Izlash xizmatidan topolmaganim uchun so‘rayapman. Agar ko‘rmay qolib qayta savol bergan bo‘lsam, oldindan uzr. Savolim qo‘yidagicha:
1) Qizimning ismi Muhsina, shu ism bo‘laveradimi?
2) Osiyo ismini qo‘ysa bo‘ladimi? Bir birodarimiz Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bundan qaytarganliklari haqida hadis borligini aytgan edi, shu to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Muhsina ismi yaxshi. Osiyo ismini qo‘ysa bo‘ladi. Birodaringiz noto‘g‘ri gapirgan.

28 Aprel 2022, 23:24 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar