Alohida xovli joy

Assalomu alaykum! 6 so‘tik hovlida ota-onam, 3 oka-uka xotin bola-chaqalarimiz bilan yashaymiz. Man katta o‘g‘ilman, alohida hovli-joyga ega bo‘lishni istayman. Ismi A’zamni bilib ezgu niyatlarimda qo‘llashni xohlayman! Hammasi uchun minnatdorman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Banda yaxshi amalda bardavom bo‘lishi bu Alloh taoloning xuzurida maqbul ekanligining alomatidir. Biror bir yaxshi amal qilinsa, u ixlos va shariatga muvofiq tarzda bajarilsa, unga savob berilishida shak-shubha yo‘q. Uning barakotini esa so‘rash kerak bo‘ladi. Ya’ni “Ey Allohim shu qilgan yaxshi amalim (masalan o‘qiyotgan namozlarimni) barakotini umrim, rizqim, xulqim, bola-chaqam, oilam va salomatligimda namoyon qilgin” deb duo qilish kerak. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 20:20 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar