Hayvonlar bilan muloqot

Assalomu alaykum! Avvalambor savolim uzunligi uchun uzr so‘rayman va javobingiz uchun oldindan rahmat. Bir qo‘shnim ko‘zida yosh bilan yig‘lab bir gap aytib berdi. Aytishicha singlisini uyida bir ilon paydo bo‘lib, singlisini Allohdan tilab olgan  o‘g‘il farzandi bilan o‘ynar va muloqot qilar ekan. 3 kun ilon ko‘rinmay qolsa bolasi istimalab, kasal bo‘lib qolipti. Keyin ilon yana ko‘zga ko‘rinib bolasi bilan uynapti. Bolani bemorligi ham yo‘qolipti. Ona qo‘rqqanidan har narsa qilib ko‘ripti. Hattoki Zangi Otani katta domlasiga xam boripti. Domla ilonga tegmaslikni aytipti. Ona xavotirda, lekin har nima qilmasin ilon bolani tark etmayapti. Bola hattoki ilonga o‘xshab ovoz ham chiqarar ekan. Ilon haqida yomon gapirsa bola o‘zini yomon his qilib, yoqimsiz harakat va ovoz chiqarar ekan. Ilonni rangi qoramtir, yashil tovlanar ekan. Peshonasidan bo‘ynigacha qandaydir naqshi ham bor ekan. U ilon mana shu ro‘za paytida paydo bo‘lipti. Hattoki ona-bola birga yotishganda eshik tagida uzun bo‘lib yotib olar, ba’zan onani oyog‘i tagida ilon bilan bola qichqirib o‘ynashar ekan. Bu gaplarni o‘z quloqlarim bilan eshitib, hayron qoldim. Bu qanday hol? Qo‘shnim qanday yo‘l tutishi kerak? Axir ilon ham Allohni yaratgani, lekin o‘z farzandidan xavotirda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنِ ابْنِ أَبِي مُلَيْكَةَ، أَنَّ ابْنَ عُمَرَ كَانَ يَقْتُلُ الْحَيَّاتِ ثُمَّ نَهَى، قَالَ: إِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ هَدَمَ حَائِطًا لَهُ، فَوَجَدَ فِيهِ سِلْخَ حَيَّةٍ، فَقَالَ:  انْظُرُوا أَيْنَ هُوَ . فَنَظَرُوا، فَقَالَ:  اقْتُلُوهُ . فَكُنْتُ أَقْتُلُهَا لِذَلِكَ. فَلَقِيتُ أَبَا لُبَابَةَ فَأَخْبَرَنِي أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ:  لَا تَقْتُلُوا الْجِنَّانَ، إِلَّا كُلَّ أَبْتَرَ ذِي طُفْيَتَيْنِ، فَإِنَّهُ يُسْقِطُ الْوَلَدَ، وَيُذْهِبُ الْبَصَرَ، فَاقْتُلُوهُ Ibn Abu Mulaykadan rivoyat qilinadi: Ibn Umar ilonlarni o‘ldirar edi. Keyin o‘zi bundan qaytarib, dedi:  Nabiy sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga qarashli bir devorni buzdilar va u erdan ilonning po‘stini topib oldilar. Keyin:  Qaranglar-chi, u qaerda ekan , dedilar. Odamlar qarab chiqishdi (va uni topib olishdi). Shunda u zot:  Uni o‘ldiringlar , dedilar. Shuning uchun men ham ularni o‘ldirar edim. Keyinroq Abu Lubobani uchratib qoldim. U menga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning  Ilonlarni o‘ldirmanglar. Ikkiyo‘lli, to‘mtoqdum* (ilonlar) mustasno, chunki u bolani tushiradi, ko‘zni ko‘r qiladi. Shuning uchun uni o‘ldiringlar , deganlarini aytdi . حَدَّثَنَا مَالِكُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا جَرِيرُ بْنُ حَازِمٍ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ أَنَّهُ كَانَ يَقْتُلُ الْحَيَّاتِ. فَحَدَّثَهُ أَبُو لُبَابَةَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى عَنْ قَتْلِ جِنَّانِ الْبُيُوتِ، فَأَمْسَكَ عَنْهَا Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar ilonlarni o‘ldirar edi. Keyin Abu Luboba unga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning uy ilonlarini o‘ldirishdan qaytarganlarini so‘zlab bergan edi, u bundan to‘xtadi. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). قال أبو ليلى قال رسول الله صلى الله عليه وسلم:  إذا ظهرت الحية في المسكن فقولوا لها: إنا نسألك بعهد نوح صلى الله عليه وسلم وبعهد سليمان بن داود -عليهما السلام- لا تؤذينا. فإن عادت فاقتلوها ، Abu Laylo aytadilar : “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Uyingizda ilon zohir bo‘lsa, unga “Sendan Nuh va Sulaymon ibn Dovud alayhimussalomlarga bergan va’dalaringni eslatib, bizga ozor bermasligingin so‘raymiz” denglar. Agar yana qayta kelsa uni o‘ldirib yuboringlar” dedilar. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 23:35 | Savol-javoblar | 192 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar