ABROR 85 GA KILINGAN JAVOBGA SAVOL
- Muoviya ibn al-Hakam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Men:«Ey, Allohning Rasuli, mening cho‘rim bor edi. Uni ikki shapalog‘im ila urdim», dedim. Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga og‘ir ish sanadilar. Shunda men:«Uni ozod qilib yuboraymi?» dedim.«Uni huzurimga olib kel», dedilar. Men uni keltirdim. U zot undan:«Alloh qaerda?» deb so‘radilar.«Osmonda», dedi u.«Men kimman?» dedilar.«Siz Rasulullohsiz», dedi u. Shunda u zot menga:«Uni ozod qil. Shubhasiz, u mo‘minadir», dedilar». Abu Dovud, Termiziy va Muslim rivoyat qilgan.USTOZ,BU XADISGA SIZ KUYIDAGIChA ShARX BERIBSIZ: Bu hadisi sharifda e’tiqod masalasiga oid gaplar bo‘lgani uchun uni aqoid ilmi ulamolari ham yaxshilab o‘rganib chiqqanlar. Ular xususan, Alloh osmonda, degan iboraga alohida e’tibor qaratganlar va hadisdagi «Alloh osmonda» degan ibora Alloh taoloning turgan makoniga emas, Oliy makonatiga, qadriga ishoratdir, deganlar. Chunki, Alloh osmonda yoki falon joyda, deyishlik bilan Alloh taoloning makonla chegaralab qo‘yilgan bo‘ladi. Bu esa, U zotning sha’niga nuqson bo‘lib qoladi. Holbuki, Alloh taoloni barcha nuqson va kamchiliklardan xoliy qilib vasflash Islom aqiydasining asosidir.Ba’zi kishilar, hadisda kelgandan keyin, gapni cho‘zmasdan o‘sha hadisdagi gapni aytib qo‘yilaversa bo‘lmaydimi? deyishlari ham mumkin. Avvalo, ushbu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘ziga xos alohida vasfga ega shaxs bilan muomala qilmoqdalar. Bu haqiqatni keyingi hadisni o‘rganish jarayonida yana ham to‘liqroq tushinib olamiz. U zot sollallohu alayhi vasallam ushbu holatdan boshqa hollarda e’tiqod haqida tamoman boshqacha savollar berganlar. Qolaversa, bu masala faqat ushbu hadis bilan tugab qolmaydi. Balki boshqa ko‘plab hadislar va eng muhimi oyatlar bor.Birgina misol keltiraylik. Alloh taolo Qur’oni Karimda: «U Alloh osmonlaru erdadir. U siringizni ham, oshkoringizni ham bilur», degan. Agar hozir biz o‘rganayotgan hadisning zohiriga qarab, Alloh taolo osmondadir, deyiladigan bo‘lsa, manabu oyatga xilof qilingan bo‘ladi. Qoida bo‘yicha mabodo oyat bilan hadis zohiran bir-biriga qarshi ma’no anglatib qolsa, hadisni ta’vil qilinadi. Agar ta’vil qilish imkoni bo‘lmasa, hadis tashlanadi. Chunki, oyat turganda hadis, qanchalik kuchga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, oldinga tusha olmaydi. USTOZ,DEMAK BIZ BU ERDA OYaTNI XADISLAR BILAN EMAS BALKI XADISNI OYaT BILAN TAFSIR KILIShIMIZ KERAK.ShUNDAYMI?JUDA GUZAL USLUBNI URGANSAK BULAR EKAN SIZDAN.MAShAALLOX.BUNGA ASOS ALLOXU A’LAM XADIS NOZIL KILINGANU OYaTLAR ESA ULARNI TAFSIR KILIB VA ShARX KILIB KELGAN.USTOZ,DEMAK SIZNING KULLAGAN USLUBINGIZ VA ShARXINGIZGA KURA ALLOX XAM OSMONDA VA XAM ERDA,ChUNKI OYaTDA ALLOX OSMONLARU ERDA DEYILGAN.ShU JOYI BIZGA KERAK BULGANI UChUN,Ya’NI ALLOX NAFAKAT OSMONDA BALKI ERDA XAM DEGAN JOYI,ShU ERDA TUXTAYMIZDA,BU EGIGA UZIMIZ XOXLAGANChA,Ya’NI KURON OYaTLARISIZ VA XADISLARU SAXOBALARNING SUZLARISIZ ShARXNI KILAVERAMIZ,ALLOX KUDRATI BILAN OSMONLARU ERDA UZI EMAS,UZI XECh KAERDA EKI UZI XAMMA ERDA KABI ULUG ShARXLAR.ShUNDAYMI,USTOZ?MAN SIZNI TUGRI TUShUNDIMI?USTOZ MAN KUPOLLIK KILISh MAKSADIDA EMAS BALKI SAVOLGA ANIKLIK KIRITISh MAKSADIDA VA MANI NAZARIMDA NOTUGRIGA UXShAGAN VA XATTO ZALOLATGA UXShAGAN JOYLARGA URGU BERISh UChUN BA’ZI GAPLARNI AYTDIM.USTOZ,UNDAY BULSA ALLOX KANDAY ZOT,Ya’NI UNING ZOTI MAXLUKLARIDAN OLIY-YuKORI TARAFDAMI EKI XAMMA ERDAMI,ENDI AYTSANGIZ AKIDA,IMON KANDAY BULSA TUGRI BULADI.ALLOXNI KANDAY TANIYLIK?UNING :jj ZOTI KAERDA?KUL OChIB DUO KILAETGANDA KAERGA ChUZAYLIK KULIMIZNI OSMON TARAFGAMI EKI EN TARAFGAMI EKI PASTGAMI,KAERGA?INSOFLI ODAMLAR AYTSIN XAKNI.ILTIMOS,BU MUROJAATIMNI OLIB TAShLAMANGLAR,ChUNKI OLIB TAShLASh VA GAP UYINI KILISh OLIMLARNING SIFATI EMAS,BALKI OLIMLIKKA YaRAShADI SAVOLNI "ChAYNAB" TAShLASh VA SAVOL BERUVChIGA ShU DARAJADA JAVOB RAVShAN BULADIKI,UNGA FAKAT "YuTIB YuBORISh"GINA KOLADI.MAN OLIM DEGANDA ShUNAKA SIFATLI INSONLARNI TUShUNAMAN VA UMID KILAMANKI USTOZ XAZRATLARI JAVOB KILADILA,OLIB TAShLAShNI MA’N KILADILAR.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz o‘zingiz kimsiz? Hech kim hadisni oyat bilan sharhlagani yo‘q. Tushunchalaringiz o‘zingizga. Imkon topib qabulimga keling. Tushuntirib qo‘yaman.
28 Aprel 2022, 23:35 | Savol-javoblar | 197 | Aqiyda
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Siz o‘zingiz kimsiz? Hech kim hadisni oyat bilan sharhlagani yo‘q. Tushunchalaringiz o‘zingizga. Imkon topib qabulimga keling. Tushuntirib qo‘yaman.
28 Aprel 2022, 23:35 | Savol-javoblar | 197 | Aqiyda