Hojilarni hadya berishi

Assalomu alaykum! Haj yoki umra ziyoratini qilgan odamni uyiga mahalla, qarindoshlar kelishadi ko‘rgani. Shunda kelgan odamga hadya beradi (tasbeh,joynamoz). Usha hadyani hajdan kelgan deb tushunadi olgan odam, vaholanki u narsalar o‘zimizdan chorsudan opkelib quyiladi. Endi eskidan qolganku bir joyga ziyoratga borsa hammaga narsa opkeladi. Ln hajga borgan odam ibodat un boradi, uyoqda bozorma-bozor yurmaydiku, shu sababli hozir hamma uzimizdan Toshkentdan oladi sovg‘alarni. Savolim: yolg‘onchilik bo‘lib qolmaydimi, yoki farqi yuqmi. Nima qilsa to‘g‘ri bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hojilar hadya berishga majbur emaslar. Ulardan hadya umid qilish ham noto‘g‘ri. Bu ishlarni to‘xtatish kerak. Haj yoki umraga borganlarning o‘zlari shunday ishlarni ommalashtirib, bo‘lajak ziyoratchilarga mashaqqat qilib qo‘yishdi. Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 18:29 | Savol-javoblar | 0 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar