Ayol kishi nafl ro‘za tutishi uchun eridan rozilik olishi kerakmi?

Janob biz oilaviy (o‘zga yurtga) sayohatga ketayotgan edik. Hozir biz alhamdulloh Rajab oyidamiz. Ro‘za tutishni juda yaxshi ko‘raman, shunga xo‘jaynimga o‘sha erda ham ro‘za tutaman desam ruxsat bermadila. Har kuni emas Faqat Dushanba va Payshanba tutsang bo‘ladi, bo‘lmasa charchab qolasan dedilar. Erimni etganini qilimi yoki to‘liq ro‘zamni tuturimi ? Berayotgan javoblaringiz uchun rahmat. OLLOH rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ha, ayol kishi nafl ro‘za tutish uchun eridan rozilik olishi kerak. Eringizning aytganini qiling. U kishi bu masalani yaxshi bilar ekanlar.

26 May 2022, 23:37 | Savol-javoblar | 142 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar