Riyo haqida

Assalomu alaykum! Telegram, instagram ya’ni ijtimoiy tarmoqlarga diniy rasmlar, videolar va o‘zining har xil holatdagi ya’ni diqqatga sazovar joylar(ko‘p odamlar ko‘rishni havas qiladigan)ni qo‘ysa bo‘ladimi? Bu riyo bo‘lib qolmaydimi? Yana atrofimdagi qarindosh-urug‘larim, do‘stlarim har xil bid’at, gunohlarni qilishsa ayta olmayman o‘zimdan kattalarga ko‘pchiligiga va ijtimoiy tarmoqlarda qarindoshlar gurpasiga, instagramga shu xatolarini aytish uchun maruza videolarini joylasam bo‘ladimi bu riyo bo‘lib qolmaydimi? Riyodan qattiq qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Riyo deganda Alloh uchun qilinadigan qurbatlarni odamlar ko‘rshi uchun qilinishidir. O‘sha rasilarda shunga o‘xshagan holat bo‘lmasa riyo bo‘lmaydi.2). Niyat isloh bo‘lsa, riyo bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 146 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar