Qilingan gunoh

Hazrat namozhon bola qol zinosini qilib qoygan va keyin quronni qolga olib boshqa qilmaslikka tavba qilgan, oradan bir oy otmasdan vasvasaga tushib yana shu ishni qaytargan. Hozir qattiq afsusda qilgan ishidan. Shayh janoblari iltimos maslahat bering endi u nima qilishi kerak tavbadan keyin qilgan ishiga kafforati bormi? Qur’onni qolga olib tavba qilish mumkinmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qasamxo‘r bo‘lgani uchun kafforot ado etadi. Qasamning kafforoti o‘nta miskinni to‘ydirish yoki kiyintirish bilan yoki imkoni bo‘lsa, bir qul ozod qilish bilan yoki uch kun ro‘za tutish bilan amalga oshiriladi. Tavba qilib, nadomat chekadi va qayta o‘sha ishni qilmaydi.

26 May 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar