Nomoz o‘qiy desam shamollashdan qo‘rqaman
Assalomu alaykum! Men shu yil ramazon oyidan ro‘za tutib bomdod nomozini ixlos bilan niyat qilib o‘qidim, yaqinda kunlar sovib ketishi bilan sharoitimiz yo‘qligi tufayli tahorat qilishga qiynalib qattiq shamollab qoldim, hozir davolanyapman, tahorat qilib nomoz o‘qiiyman desam yana shamollashdan qo‘rqaman, nomoz o‘qigim keladi, qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozlarni o‘z vaqtida o‘qishni biz va sizni yo‘qdan bor qilgan va xohlaganida bordan yo‘q qilib qo‘yishga ham qodir bo‘lgan Alloh buyurgan. Namozga hech qanday holatda uzr yo‘q. Ertalab bir marta tahorat qilib mahsi kiyib qolganlarida oyoqni yuvmasdan mash tortib yuring. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 172 | Namoz