Issiq-sovuq va taloq haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, men uylanganimga 4 yil bo‘ldi. Allohga shukur 2 nafar farzandim bor. Murojatim shuki 4 yildan buyon xonamizdan har xil bizga taluqli bo‘lmagan narsalar chiqadi. Ya’ni paxtaga o‘ralgan tirnoq, bintga o‘ralgan soch, har xil igna, qaychi va hokazolar. Avvaliga bu narsalarga axamiyat qilmasdim, chunki tahoratda, ibodatda yurgan odamga insu-jinslar tegolmasligini juda ko‘p eshitganman. Biroq hozrda turmushim buzilish arafasida. Savolim issiq-sovuq o‘qituvlar bor narsami? Shunday narsalar chiqqanda bulardan qanday ximoyalansa bo‘ladi.
2). Alloh kechirsin jahlda ayolimga taloq berib qo‘yganman. Buni qanday tiklasa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Oyatul Kursiy” va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tongda va tunda o‘qigan duolarini o‘qib yuruvchilarga hech qanday sehr-jodu ta’sir qilmaydi. Har bir muammoni bu narsaga bog‘lash mo‘minning ishi emas. 2). Taloq masalasini jonli majlisda, ikki tomonning guvohligida ko‘rish kerak. Sizlar o‘zingizga yaqin joydagi biror ahli ilmga uchrab maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 00:41 | Savol-javoblar | 168 | Oila va turmush