Ro‘zadorning tomoq og‘rig‘i

Assalomu alaykum!Kechadan beri ( peshindan keyin) tomog‘imda og‘riq paydo bo‘ldi, lekin borgan sari kuchayib bordi. Iftorgacha sabr qilib, ro‘zamni ochdim, so‘ng kerakli dorilarni qabul qildim. Ertalab og‘riqni ancha kamayar deb o‘ylagan edim, biroq buning aksi bo‘ldi. Ro‘za tutish yoki tutmaslikka ikkilanib, baribir tutdim, lekin kerakli muolaja qilmasa og‘riq juda kuchayab ketyabdi. Xozirda fakat tomoq chayish bilan chegaralanganman (kunduzi). Dorini ta’mi bor ( biz «myatnыy» deymiz). Xar soatda chaymoqdaman. Aytingchi doimiy ravishda, yaxni xar soatda «G‘AR G‘ARA» qilib tomog‘imni chayishim joizmi? Dorini ta’mining xam bunga ta’siri bormi? Yoki bo‘lmasam ro‘zam ochilib ketganmi?  (Savollarni soni bittadan oshib ketti to‘g‘ri tushunasizlar degan umiddaman)
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Chayishda ichkariga o‘tib ketsa ro‘za ochiladi. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 02:58 | Savol-javoblar | 171 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar