Juma namozi sunnatlari xaqida!!!
Assalamu aleykum xurmatli shayx xazratlari. Allox taolo Diin uchun qilaetgan xolis xizmatingizning ajrini mul qilib bersin!!! Sizga savol bilan murojaat qilsam.Sizga shu savolni kuyishdan avval islom.uz saytidan javob izlab kurdim ammo kunglim taskin topadigan javob topa olmadim. Turt mazxab buyicha juma namozining sunnat namozlari farzdan oldin uqiladimi eki keyin mi? Xususan Xanafiy mazxabida. Ya’ni farzdan oldin va keyin? islom.uz saytidagi Men oqigan maqolada "[url=https://islom.uz/’ontent/view/1109/104/]https://islom.uz/’ontent/view/1109/104/[/url]" quydagi xadis keltirilgan: Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan Peshindan oldin ikki sajda, undan keyin ikki sajda, Shomdan keyin ikki sajda, Xuftondan keyin ikki sajda, Jumadan keyin ikki sajda o‘qidim. Shom, Xufton va Juma(sunnati)ni Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga uylarida o‘qidim».. Va mana bu maqolada [url=https://islom.uz/’ontent/view/376/104/]https://islom.uz/’ontent/view/376/104/[/url] Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qachon Jumadan keyin namoz o‘qiydigan bo‘lsangiz to‘rt rak’at o‘qing», dedilar». Ushbu hadisni beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.. Ya’ni bu xadislardan kurib turibmizki juma namozidagi sunnat namozlar farzdan keyin uqilmoqda, farzadan oldin deyilmagan. Va yana mana bu maqolada xam shunga uxshash suzlar keltirilmoqda [url=https://islom.uz/’ontent/view/2481/104/]https://islom.uz/’ontent/view/2481/104/[/url] Juma namozidan keyin ikki yo to‘rt yoki olti rakat sunnat namozi o‘qish.. Faqat bir joyda mana bu maqolada [url=https://islom.uz/’ontent/view/376/104/]https://islom.uz/’ontent/view/376/104/[/url] quydagi xadis keltirilmoqda Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, u kishi Jumadan oldin to‘rt rak’at, Jumadan keyin to‘rt rak’at namoz o‘qir edilar. Termiziy rivoyat qilgan. . Abdullox qaysi Abdullox r.a.? Yuqoridagi xadislardan tushunganim juma farzidan keyingi sunnat namozlar Payg‘ambar s.a.v ning suzi va amali bilan keltirilmoqda. Aksincha juma farzidan oldin oqiladigan 4 rakat sunnat namozi Saxobaning r.a amali bilan kursatilmoqda.Ya’ni qaysi biriga amal qilsam tug‘riroq buladi? Balkim men bilmaydigan boshka xadislar bordir! Shu masalani tushuntirib bersangiz. Diinga kur kurona emas dallilari bilan amal qilsam deyman. Albatta bu maslada sizdek olim kishilarning maslaxatlariga muxtojmiz!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juma farzidan oldin to‘rt rakat, keyin to‘rt rakat sunnat o‘qiladi. Yuqoridagiga o‘xshash rivoyatlarning barchasini jamlab o‘rgangan mujtahidlar ushbu natijaga ijmo’ qilishgan. Bu narsa ko‘p marta yozilgan.
27 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 184 | Namoz
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Juma farzidan oldin to‘rt rakat, keyin to‘rt rakat sunnat o‘qiladi. Yuqoridagiga o‘xshash rivoyatlarning barchasini jamlab o‘rgangan mujtahidlar ushbu natijaga ijmo’ qilishgan. Bu narsa ko‘p marta yozilgan.
27 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 184 | Namoz