Ishxonada namoz

Assalamu a’laykum Shayx Hazratlari! Men 15-kunlik "vaxta"li ishxonada (zavodda) ishlayman. Masalan, o‘sha oyning 10-da ketib 25-da qaytib kelaman. Lekin u tarafda, ayniqsa keyingi kunlari namoz o‘qishga odamlar tarafidan to‘sqinlik bo‘lyapti. Ish vaqtida namoz o‘qimaysizlar yoki yig‘ib-yig‘ib kechqurun o‘qinglar, deyishmoqda boshliqlarimiz. Keyingi paytlari "sizlar namozdan boshqa ish qilmaysizlar" kabi tuxmatlar ko‘payib ketyapti. Umuman olganda u tarafda namoz o‘qishga sharoit oz. Men bilgan bir ishxonada (zavodda) namoz o‘qishga sharoit bor ekan. Lekin men unga hozir tezda almashib keta olamanmi bilmadim. Bir tarafdan ota-onam ham ishsiz yurishimga qarshi. Qo‘ldan kelgancha o‘sha tarafga almashishga harakat qilaman, Inshaalloh!Yuqoridagi holatdan kelib chiqqan holda sizga quyidagi savollarimni berishga ijozat bergaysiz:1) O‘sha ishxonada tahoratning faqat farzlari bilan cheklansak bo‘ladimi;2) Namozni bunday sharoitda qasr qilsa bo‘ladimi;3) Namozning faqat farzinigina o‘qisakchi?Boshqa qanday maslahat berasiz? Haqqimizga bir duo qilib qo‘ysangiz!Savolim noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
-1. Imkoni bo‘lmasa bo‘ladi.-2. Qasr shartlariga to‘g‘ri kelishi kerak. Ishxona ruxsat bermasligi uzr bo‘lmaydi.-3. Faqat farzini o‘qisa bo‘ladi. Sunnatni keyin o‘qiladi.

27 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar