Qo‘ygan shartidan qaytsa taloq nima bo‘ladi?

Assalomu alaykum Shayx hazratlari. Bir do‘stimning iltimosiga ko‘ra savol berishga ijozat bersangiz.Do‘stimning ayoli nifos holatida ekan. Shu holida do‘stimiz ayoliga ‘agar 30daqiqani ichida manabu ishni qilmasang narsalaringni(ya‘ni ko‘chingni) yig‘ishtirib ketaver‘ deb aytgan ekan. Bundan boshqa hechnarsa demagan ekan. Lekin bir oz o‘tib ayoli bu ishni qilmasligiga ijozat beripti. Keyinroq qo‘ygan sharti yodiga tushib qolipti. Bu holatda taloq tushmas ekan deb ayoli bilan yashab yuripti. Men taloq tushgan degandim ‘‘Bahtiyor oila‘‘kitobida bunday holatda taloq tushmaydi er ‘‘hotinimni nikohimda qoldiraman‘‘ deb qo‘ysa bo‘ldi qayta nikoh ham, mahr ham shart emas deb yozilgan dedi. Men ham o‘qib ko‘rib shunday tushundim. Shunday bo‘lsa ham sizdan so‘rab ko‘rishga qaror qildik. Ustoz birodarimizning holatida taloq tushganmi va u nikohini yangilashi kerakmi? Javob uchun tashakkur. Alloh sizu bizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘sha gapga o‘xshash kinoya bilan aytilganda raj’iy taloq tushmaydi. Boin taloq tushadi. Bu masalani jonli majlisda hal qilinadi.

27 May 2022, 00:44 | Savol-javoblar | 167 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar