Bizani o‘qishda nomozga borsa o‘qishda haydashadiYo‘l ko‘rsating?

Assalomu alaykum shayh hazratlariBu maktubni yozishdan avval rosa o‘yladim. Menimcha bu maktubim sizni ajablantirmaydi.Men oliy o‘quv yurtida o‘qiyman. hozirgi vaqtda har hil oqimlar chiqishi munosabati bilan bizning namozlarimizga hususan ko‘proq juma namozlarini o‘qish ancha muammoga aylandi. Bizdan hatto ma’muriyat dars paytida masjidga bormaslik to‘g‘risida tilhatga qo‘l qo‘ydirib ham oldi. Biz dars paytida masjidga bormaymiz. Chunki dars payti namoz vaqtidan mustasno. Shunday bo‘lsa ham bizni ma’muriyat ta’qibga olib masjidlarga kiritishmayapti. Nega?! Nima uchun?! Buni yolg‘iz OLLOH biladi.Agar masjidga kirsang o‘qishdan haydalasan deyishadi. Hech kimning tayyor o‘qish joyidan haydalgisi kemaydi. Lekin OLLOHga shukr uning buyruqlarini qo‘ldan keganicha bajaryapmiz. Bizning masjidlarga darsdan tashqarida bemalol masjidlarga borishimiz uchun nima qilishimiz kerak?Juma farz bo‘lsa, qolgan jamoat namozlari sunnati mukkada bo‘lsa ularni ado etish kerakku?Bizga yo‘l ko‘rsating qadrli ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Darsga o‘z vaqtida ishtirok etib, keyin namozga borishni man qilish aqlga ham, qonunga ham to‘g‘ri kelmaydi. Bu ba’zi shaxslarning shaxsiy «tashabbusi» bo‘lsa kerak. Allohdan najot so‘rab astoydil duo qilaylik.

29 Aprel 2022, 17:37 | Savol-javoblar | 155 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar