kuronda bolmagan sozlarni kiroat kilgan odamning xukmi

assalomu aleykum Shayx xazratlari! Allox taolo barcha ishlaringizda ozi sizga erdamchi bolsin, Allox taolo sizni sababchi kilib bizning ilmimizni xam zieda kilsin! omin.Xazrat, bir birodarning kilgan katta xatosini togirlashda, togri tavba kilishida maslaxat bersangiz.A. ismli birodarimizning 55 eshli ammalari tosatdan kazo kiladilar. A-ning -tajvidi bolgani uchun ( yarim pora ed olgan) undan mayit ustida kuron okib otirishni iltimos kiladilar. Olik odam oldida ozini yukotib koygan A. Yosini okishni boshlaydi (yosini uzbekchasini 30 oyatini bilgan xalos). yosinni okib turib adashadi va xammani oldida uyalib kolib - ozining sozlari bilan, kuronda yuk sozlarni aytadi, yani Aloxga tuxmat kiladi. Uni xato kiroat kilaetganini xech kim bilmaydi ( mayit atrofida kurondan xabardor odam bolmagan).mana oradan bir yil otdi birodarimiz A.xaligachang kilgan ishida kattik pushaymon, xatto kuronni yodolishni kopaytirdi ,rozani tolik tutishga xarakat kildi , kolidan kelganicha farzlarni bajarib kelmokda.Birodarimiz A. Tafsiri Xilolning 6 -juzini okib chikan, kuronni kanchalik mojizaligini bilib turib xam , (balkim ozini mayit oldida ozgina yukotib koygani uchun) Alloxning kalomiga tuxmat kilgan . Xazrat bu birodarimizning xukmi kanday ? kaforati kanday ? oldindan raxmat
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tavba qiladi. Nadomat chekadi. Bu kabi narsani qaytarmaslikka azmu qaror qiladi. Qur’oni Karim to‘g‘ri qiroat qilib ammasiga bag‘ishlaydi. U kishiga atab ehson ham qilib yuborsin.

27 May 2022, 00:49 | Savol-javoblar | 152 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar